Elonbotdan qanday foydalaniladi?
Elonbot e'lonlaringizni tanlagan Telegram guruhlaringizga avtomatik yuboradi. Xabarlar o'z Telegram akkauntingiz nomidan yuboriladi. Guruhlar va yuborish vaqtini o'zingiz tanlaysiz.
1. Botni oching
«Start» tugmasini bosing yoki /start deb yozing. Tilni o'zgartirish uchun «⚙️ Sozlamalar / Настройки» → «🌐 Язык / Til» → «🇺🇿 O'zbekcha» ni tanlang.
Qo'llanma doim bot menyusidagi «📖 Qo'llanma» tugmasi va /help buyrug'i orqali ochiladi. Guruh qo'shish sahifasida ham «Qo'llanma» bo'limi bor.
2. Telegram akkauntingizni ulang
«⚙️ Sozlamalar» → «Telegram akkaunt» → «Akkauntni ulash» ni bosing va berilgan havolani oching.
- Telefon raqamingizni mamlakat kodi bilan kiriting, masalan: +998...
- Telegram yuborgan tasdiqlash kodini kiriting.
- Qo'shimcha parol so'ralsa, Telegram uchun o'zingiz o'rnatgan parolni kiriting.
Bot bilan yozishayotgan akkauntingizni ulang. Kod va parolni chatga xabar qilib yubormang: ularni ochilgan kirish sahifasiga kiriting.
«Akkaunt ulandi» yozuvi chiqqach, botga qayting. Har safar qayta kirish shart emas. Havola eskirsa, botdan yangisini oling.
3. Guruhlarni qo'shing
«Guruhlar» → «Guruh qo'shish» ni bosing. Ochilgan sahifada guruhni topib, yonidagi «Ulash» tugmasini bosing.
Siz o'sha guruhga a'zo bo'lishingiz va unda xabar yozish huquqiga ega bo'lishingiz kerak. Botni guruhga qo'shish shart emas.
Guruh ko'rinmasa, unga Telegram orqali a'zo bo'ling, keyin «Ro'yxatni yangilash» ni bosing.
Guruhlarni qo'shgach, «Botga qaytish», so'ng botdagi «Botda davom etish» ni bosing.
4. E'lon tayyorlang
«E'lonlarim» → «E'lon yaratish» ni bosing.
E'lon matnini yuboring. Xohlasangiz, matn bilan birga rasm yuboring yoki boshqa chatdagi tayyor e'lonni shu botga yuboring. Jami 4 tagacha rasm qo'shish mumkin. Rasmlarni yuborib bo'lgach, «Tayyor» ni bosing.
Keyin e'lon yuboriladigan guruhlarni tanlang. Tanlangan guruh yonida ✅ chiqadi. «Tayyor» ni bosing.
5. Yuborish vaqtini belgilang
Avval yuborish oralig'ini tanlang. Masalan, «20 daqiqa» — e'lon har 20 daqiqada takrorlanadi.
Keyin qaysi vaqtdan qaysi vaqtgacha yuborishni tanlang. Tugmalarni bosing yoki vaqtni yozing: masalan, boshlanishiga 7, tugashiga 22.
Bu holda e'lon har kuni 07:00 dan 22:00 gacha yuboriladi. Kechasi yuborish to'xtab, ertasi kuni ruxsat etilgan vaqtda davom etadi. Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bo'yicha.
Kun bo'yi yuborish uchun «Kun-u tun (24 soat)» ni tanlang.
Birinchi yuborish uchun:
- «Hozir yuborish» — tanlagan soatlaringiz ichida imkon qadar tez boshlaydi.
- «Jadval bo'yicha boshlash» — tanlangan oraliq o'tgach, ruxsat etilgan soatlarda boshlaydi.
6. Saqlang va ishga tushiring
Bot e'lonni shablon sifatida saqlashni so'raydi. Shablon — keyin yana ishlatish uchun saqlangan tayyor e'lon va uning sozlamalari.
- «Ha» — matn, rasmlar, guruhlar va barcha yuborish sozlamalari ham saqlanadi.
- «Yo'q» — faqat e'lon yaratiladi.
Oxirgi ekranda ma'lumotlarni tekshirib, «Ishga tushirish» ni bosing. E'lon shundan keyin ishga tushadi.
7. Shablondan foydalaning
«Shablonlar» → kerakli shablon → «Shablondan e'lon yaratish» → «Ishga tushirish».
Guruhlar va vaqtni qayta tanlash shart emas. Oldingi sozlamalar ishlatiladi. Bu yangi e'lon yaratadi; avval ishga tushirgan e'loningiz alohida davom etadi.
Shablonni tahrirlab bo'lmaydi. Uni ishlatish yoki «Shablonni o'chirish» orqali o'chirish mumkin. Boshqa sozlamalar kerak bo'lsa, yangi shablon yarating. Eski shablonda sozlamalar bo'lmasa, bot yangi e'lon uchun guruhlar va jadvalni so'raydi.
8. E'lonni o'zgartirish yoki to'xtatish
«E'lonlarim» dan e'lonni oching. O'zgartirish uchun «Tahrirlash» ni bosing.
Yuborishni to'xtatish uchun «O'chirish» ni bosib, tasdiqlang. Bot guruhlarga oldin yuborilgan xabarlarni ham o'chirish kerakmi, deb so'raydi.
Narxi qancha?
Birinchi e'lon ishga tushirilgandan boshlab 7 kun bepul. Keyin 30 kun uchun 20 000 so'm. To'lov va tarifni yoqish uchun «✉️ Admin bilan bog'lanish» orqali yozing. Tarifni admin yoqadi. Muddatni «⚙️ Sozlamalar» → «💳 Tarif» bo'limida ko'rishingiz mumkin.
Yordam kerakmi?
«✉️ Admin bilan bog'lanish» ni bosing va savolingizni yozing. Javob shu botga keladi. Yozib bo'lgach, «Yozishni tugatish» ni bosing.
Telegram limiti haqida xabar chiqsa, kuting: ruxsat bo'lgach yuborish davom etadi. E'loningizga guruhda yozilgan javoblarni o'sha guruhdan o'qing.